UX dizaynda sayt optimizatsiyasi qanday ishlaydi?
UX
30.01.2025
Xumoyunmirzo Yakubjonov
Sayt optimizatsiyasini faqat dasturchilar qilmaydi bu dizaynerlarga ham bog'liq jarayon. UX dizaynda optimizatsiya – foydalanuvchilar uchun tez, qulay va soddalashtirilgan interfeys yaratishdir.
***
Agar sayt yoki ilova sekin ishlasa yoki chalkash bo‘lsa, foydalanuvchi uzoq qolmaydi. Shuning uchun quyidagi optimizatsiya usullariga amal qilish kerak:
✅ Keraksiz elementlarni olib tashlash – Foydalanuvchilarga ortiqcha yuk yaratmaslik kerak. Har bir ortiqcha tugma, matn yoki effekt – ularning tez qaror qilishiga to‘sqinlik qiladi.
✅ Rasmlarni optimallashtirish – Rasmlar yuklanish tezligiga katta ta’sir qiladi. Foydalaniladigan har bir rasm kerakli o‘lchamda bo‘lishi, agar web uchun qilinsa WebP formatda yuklanishi kerak. Bu sahifaning tezroq ochilishiga yordam beradi. SVG rasmlardan foydalanish va animatsiyalar uchun Lottie (https://lottiefiles.com/) fayllardan foydalanish ham tezlashtiradi.
***
✅ Bir xil rang va shrift o‘lchamlarini o'zgaruvchiga olib ishlatish – Dizayn ichida har xil shrift yoki turli xil ranglardan foydalanish dizaynda tartibsizlik yaratadi. Barcha asosiy ranglar va shriftlarni oldindan belgilab, bir xillikni ta’minlash kerak.
✅ Takrorlanuvchi elementlarni component sifatida ishlatish – Bir xil tugma, card yoki formalar har safar qaytadan chizilmasligi kerak. Ularni tayyor komponent sifatida yaratib, ishlatish jarayonini tezlashtirish va dizaynni yaxlit saqlash lozim.
***
✅ Minimalistik dizayn – Keraksiz effektlar, gradientlar yoki ortiqcha detallar foydalanuvchini chalg‘itadi. Oddiy va tushunarli interfeys har doim yaxshi ishlaydi. (Less is more)
✅ Navigatsiyani soddalashtirish – Foydalanuvchi kerakli joyga minimal harakat bilan yetib borishi kerak. Masalan, ko‘p bosqichli jarayonlarda shortcut tugmalar va breadcrumb lardan foydalanish kerak.
✅ Dizaynning bir xil tuzilishini saqlash – Har bir sahifa yoki ekran bir-biridan butunlay farq qilmasligi kerak. Asosiy tugmalar va elementlarning joylashuvi bir xil bo‘lishi muhim, shunda foydalanuvchilar dizaynni tezroq tushunib, osongina foydalanishadi.
***
Xulosa: UX dizayn faqat chiroyli ko‘rinish uchun emas, balki tezkor va qulay ishlashi uchun ham optimallashtirilishi kerak. Sahifa tez ochilishi, harakatlar minimal bo‘lishi va foydalanuvchi o‘z maqsadiga tez yetib borishi lozim.